• Yomg`ir tomchilari oynangni chertsa,
    Bir zumga halovat seni tark etsa,
    Oxir afsuslaring joningdan o`tsa,
    Bir bora eslab qo`y, meni eslab qo`y.

    Kipriklar cho`milsa tinmay yoshlarga,
    Orzular ko`milsa qoyatoshlarga,
    Hasratlar ilinsa ko`z-u qoshlarga,
    Bir bora eslab qo`y, meni eslab qo`y.

    Eslagin, eslagin, suratlarda xotira,
    Eslagin, eslagin, tortib bormoqda xira.
    Eslagin, eslagin, hech bo`lmasa qolayin,
    Eslagin, eslagin, senga bo`lib xotira.

    Sog`inchlar kezganda ko`ngil bog`ida,
    Bulbullar sayrasa bahor chog`ida,
    Mayli qachonlardir baxt quchog`ida
    Bir bora eslab qo`y, meni eslab qo`y.

    Menchalik sevolmas o`zgalar balkim,
    Ne sabab bilmadim, xayrlashdik jim.
    Ko`nglingga sig`mayin qolganda hech kim,
    Bir bora eslab qo`y, meni eslab qo`y.

    Eslagin, eslagin, suratlarda xotira,
    Eslagin, eslagin, tortib bormoqda xira.
    Eslagin, eslagin, hech bo`lmasa qolayin,
    Eslagin, eslagin, senga bo`lib xotira. (x1+x1)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.