• Muzaffar Mirzarahimov - Kimlarga ishim tushmadi qo'shiq matni, lyrics

    Muzaffar Mirzarahimov

    Kimlarga ishim tushmadi

    O`zing uchun o`l yetim dunyo,
    Sabr kuydi, holva pishmadi.
    Hayot boshga solmas ne savdo,
    Eh, kimlarga ishim tushmadi! (x2)

    To`zib ketar boshlagan ishim,
    O`zib ketar bundan mish-mishim. (x2)
    Eh, qiyin bo`ldi do`stga yolchishim,
    Kimlarga ham ishim tushmadi,
    Eh, kimlarga ishim tushmadi!

    O`zing uchun o`l yetim dunyo,
    Sabr kuydi, holva pishmadi.
    Hayot boshga solmas ne savdo,
    Eh, kimlarga ishim tushmadi!

    Hech tengi yo`q aslariga ham,
    Obod-u xor, xaslariga ham, (x2)
    Har kas-u nokaslariga ham,
    Yana kimga ishim tushmadi,
    Eh, kimlarga ishim tushmadi!

    Ingrab borsang, ho`ngrab qarshilar,
    Quchoq ochsang, yenglab qarshilar,
    Topgunimcha sizni, yaxshilar,
    Eh, kimlarga ishim tushmadi!

    O`zing uchun o`l yetim dunyo,
    Sabr kuydi, holva pishmadi.
    Hayot boshga solmas ne savdo,
    Eh, kimlarga ishim tushmadi!