Shamollarda sinmading lolam,
Bo’ronlarga dosh bera olding.
Qor tagida qolganda olam
Ko’zlarimda yosh bo’lib qolding.

Titrayverdim sovuqdan yupun,
Izg’irinda tentirab yurdim.
Seni qamrab oldi qor-quyun,
Yonginangda tikilib turdim.

Lolajon, mening lolam,
Seni sig’dirolmadi nahot keng, yorug’ olam?
Lolajon, mening lolam,
Bizga torlik qildi hammaga keng bu olam.

Nechun mendek bir bag’ritoshni
Yagonamsan, mardimsan deding?
Qahratondan qo’rqqan bardoshni
Unutilmas dardimsan deding.

Lolam, meni kechirgin, lolam,
Gunohkorman sening yoningda.
Qor tagida qolganda olam,
Asrolmadim seni bag’rimda.

Lolajon, mening lolam,
Seni sig’dirolmadi nahot keng, yorug’ olam?
Lolajon, mening lolam,
Bizga torlik qildi hammaga keng bu olam.

Lolajon, mening lolam,
Seni sig’dirolmadi nahot keng, yorug’ olam?
Sog’indim, ko’rgim kelar,
Bizga torlik qildi hammaga keng…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Lolajon
Xonanda:
Muzaffar Mirzarahimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 24, 2015