• Daryolarning to`lib-toshib oqar suvlari,
    Qiziq emas dunyoning eng suluvlari,
    U tomonda yashardi qalbim gavhari,
    Ko`zmunchoq ko`zligim, anor yuzligim.

    Daryo sohilidan har kuni turib,
    Quvonardim bir bor yuzingni ko`rib.
    Ismingni takrorlar yuragim urib,
    Ko`zmunchoq ko`zligim, anor yuzligim.

    Yoningga o`tolmadim, meni kechir, Mohira,
    Mohira, yig`lama.
    Yuragimga darmon bo`lgin, Mohira,
    Mohira, ooh.

    Chiroyingga chiroy qo`shar nayzadek kiprik,
    Bo`lolsaydi men uchun daryoga ko`prik.
    Qo`ldan boy bermasdim muhabbatingni,
    Ko`zmunchoq ko`zligim, anor yuzligim.

    Mana yana sohilda turibman kutib,
    Hamma dard alamimni ichimga yutib.
    Endi kech, qaytmaydi vaqt ketdi o`tib,
    Ko`zmunchoq ko`zligim, anor yuzligim.

    Yoningga o`tolmadim, meni kechir, Mohira,
    Mohira, yig`lama.
    Yuragimga darmon bo`lgin, Mohira,
    Mohira, ooh. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.