Mensizlikka ko’nikyabsanmi?
Oh, sensizlik bunchalar og’ir?
Sog’inchlardan kulgular so’nib,
Tomirdagi hijronlar og’rir.

Sensizlikning sohillarida
Bargi xazon to’sdi yo’limni.
Muzlab qoldi mehringni istab,
Eritolmas o’zga ko’nglimni.

Endi qaydasan? Mendan olislarda jonim.
Qachon qaytasan? Javobsiz qolar savolim.
Ne gap aytasan, yupatish uchun bu dilimni?
Bu ko’nglimni? (x2)

Kutaverib bag’ri nuragan
Ko’zlarimning dargohiga yur.
Sensiz kechgan dunyolarim ko’p,
Armon bergan dardlarimni ko’r.

Bezovta dil xasta jon kezar,
Sensizlikku mensizlik qadar.
Qo’llarimni qo’yvormasang bas,
Menga qo’rqinchli bo’lmas xatar.

Endi qaydasan? Mendan olislarda jonim.
Qachon qaytasan? Javobsiz qolar savolim.
Ne gap aytasan, yupatish uchun bu dilimni?
Bu ko’nglimni? (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaydasan
Xonanda:
Muzaffar Mirzarahimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 24, 2015