• Nargiz - Asraydi

    Nargiz

    Asraydi

    Har kunni, har tongni g’animat biling,
    Tinchlik-omonlikni bir ne’mat biling,
    Istasangiz har insonni millat biling,
    Kim yuksalar Vatanda, biz yuksalmasak?
    Muqaddas zaminda biz yayramasak?

    Shukrkim, asrga teng sadolaring bor,
    Yaxshi-yomon kuningda fidolaring bor,
    Obod shaharlaru qishloqlaring bor,
    Kimlar tinglar Vatanni biz tinglamasak?
    Elning asriy dardin biz so’zlamasak?

    Dehqoni asraydi seni, cho’poni asraydi seni,
    Sultoni asraydi seni, Vatanim – O’zbekiston.
    Dehqoni asraydi seni, o’g’loni asraydi seni,
    Sultoni asraydi seni, Vatanim – O’zbekiston,
    O’zbekiston.

    Har joyning o’z toshu-tarozisi bor,
    Yoshlarning kelajak o’z orzusi bor,
    Yurakda “kimmiz” degan tuyg’usi bor,
    Kim asrar Vatanni biz asramasak?

    Shu Vatan deb fido bag’ri kuyukka,
    Jangda qalqon bo’lgan ko’ksi uyukka,
    Jaloliddin joni fido bu yurtga,
    Kim asrar Vatanni biz asramasak?

    Dehqoni asraydi seni, cho’poni asraydi seni,
    Sultoni asraydi seni, Vatanim – O’zbekiston.
    Dehqoni asraydi seni, o’g’loni asraydi seni,
    Sultoni asraydi seni, Vatanim – O’zbekiston,
    O’zbekiston.