• Nasiba Abdullaeva - Baxt o'zi nimadir

    Nasiba Abdullaeva

    Baxt o’zi nimadir

    Baxt o’zi nimadir men bilolmadim,
    Sevgi nima ekan tushunolmadim.
    Ammo armonlarning azoblaridan
    Qancha tirishsam ham chetda qolmadim.

    Bu dunyo sig’magan ikki ko’zimga,
    To’lib qoldi ikki tomchi achchiq yosh.
    Peshona deganga yozilgan ekan,
    Rohat emas faqat chidam va bardosh. (x2)

    Lekin men aylanmay dali-gadoga,
    Boshim baland qilib qo’shiq aytaman.
    Gar o’lsam yolvorib egam Xudoga,
    Bu dunyoga qaytaman. (x2)

    Shunda mening boshim yetib osmonga,
    Dilni anduhlardan ozod qilurman.
    Aldanib qolmasdan yomonlarga,
    Qanday yashashni o’zim bilurman.

    Baxt o’zi nimadir men bilolmadim…