O’tib borar damlarimiz,
Qadrimiz bor etgan.
O’chib borar shamlarimiz,
Qalbimiz yoritgan.

Eslanar yoshligimiz,
Sodda beboshligimiz,
To’lgan kabi olam gulga,
Kuy kelar dilga. (x2)

Toma-toma ko’z yoshimiz
Sinaydi bardoshimiz,
Toma-toma ko’z yoshimiz
Poklar qalb quyoshimiz.

Toma-toma ko’z yoshimiz
Qorga ko’mar boshimiz,
Toma-toma ko’z yoshimiz
O’lchar yoshimiz.

Gohi to’lar ko’zga yoshlar,
Izlaymiz armonni.
Tegib ketsa dilga toshlar,
Istaymiz darmonni.

Eslanar armonimiz,
Past-baland imkonimiz.
Aylangandek tomchi durga,
Dil to’lar nurga. (x2)

Toma-toma ko’z yoshimiz
Sinaydi bardoshimiz,
Toma-toma ko’z yoshimiz
Poklar qalb quyoshimiz.
Toma-toma ko’z yoshimiz
Qorga ko’mar boshimiz,
Toma-toma ko’z yoshimiz
O’lchar yoshimiz. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eslanar
Xonanda:
Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2015