[Farrux Zokirov]
Qaydasan azizim, qora ko’zligim,
Sevgilim, yulduzim, shirin so’zligim.
Qo’limda senga deb suzilgan sharob,
Ko’zlarim yo’lingda, anor yuzligim.

[Nasiba Abdullaeva]
Qo’lingda menga deb suzilgan sharob,
Ko’zlarim yo’lingda, shirin so’zligim.

[Farrux Zokirov]
Kel, kel, gulyor aytib kel,
Yangrasin har yon.
[Nasiba Abdullaeva]
Dilnavo kuyingga to’lsin osmon, a-a.

[Nasiba Abdullaeva]
Kel, vafo ramzini kuyga solib kel,
Dalalar nafasin birga olib kel.
Bo’yingdan gurkirab tursin xonamiz,
Kel, bahor singari xandon solib kel.

[Farrux Zokirov]
Bo’yingdan gurkirab tursin xonamiz,
Kel, bahor singari xandon solib kel.

[Nasiba Abdullaeva]
Kel, kel, gulyor aytib kel,
Yangrasin har yon.
[Farrux Zokirov]
Dilrabo kuyingga to’lsin osmon, a-a.

[Farrux Zokirov & Nasiba Abdullaeva]
Dilrabo kuyingga to’lsin osmon, a-a.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kel
Xonanda:
Farrux Zokirov, Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 17, 2014