• Omoney, omoney, omon,
    So’rsangiz nasli-nasabim,
    Hur Vatan dilbandiman.
    O’zbek qiziman,
    Muqaddas o’zbegim farzandiman.

    Ota birlan onaning
    Pokiza jigarbandiman.
    Gullagan voha makonim –
    Xorazm farzandiman.

    Gullagan voha makonim-ey –
    Xorazm farzandiman.

    Go’rdim neki pari galar,
    Galar sollana-sollana. (x2)
    Oshiq elin ko’nglin olib,
    Galar nozlana-nozlana. (x2)

    Sening o’zing bir yona,
    Menim o’zim bir yona. (x2)
    Ishqingda o’lar bo’ldim,
    Izladim yona-yona.

    Qorako’z bo’y, bo’y, bo’y,
    Qorako’z bo’y, bo’y. (x2)

    Kamoli to’lgan oydek
    Yuzingga o’rtanaymi? (x2)
    Qalam bilan chizilgan
    Qoshingga o’rtanaymi? (x2)

    Sening o’zing bir yona,
    Menim o’zim bir yona. (x2)
    Ishqingda o’lar bo’ldim,
    Izladim yona-yona.

    Qorako’z bo’y, bo’y, bo’y,
    Qorako’z bo’y, bo’y. (x6)

    Ishqingda o’lar bo’ldim,
    Izladim yona-yona.