Yig’lamagin, yurak endi, aldandik ikkimiz,
Adashdikmu orzulardan, baxtlarni kutibmiz.
Qalbim uzra beg’ubor his, qoldi ishq javobsiz,
Bevafo yor yolg’oningdan yurak yig’lar unsiz.

Xayr endi, xayr sevgi, xayr orzularim,
Xayr endi, qaytmas endi beg’ubor kunlarim.

Baxtga eltaman deb armonga yor etding,
Ko’kdan oy va’da qilib, osmonga zor etding.
Parvozsiz qush misoli so’ngan orzular,
Ikki o’t orasida sarson tuyg’ular.

Xayr endi, xayr sevgi, xayr orzularim,
Xayr endi, qaytmas endi beg’ubor kunlarim. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayr endi
Xonanda:
Jafarbek, Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 20, 2014