• Sog`inganda chorlab turay,
    Yor, yoningdan haydama.
    Baxting bo`lib porlab turay,
    Osmoningdan haydama. (x2)

    Yoningdan, joningdan,
    Osmoningdan haydama.
    Majnuningman, maftuningman,
    Yor, yoningdan haydama. (x2)

    Sen ochilgan gulzor aro
    Bulbulingman, kunim qaro.
    Ayrilaverib bag`rim yaro,
    Bo`stoningdan haydama.

    Sensiz yashash menga yomon,
    Lahzam yilga teng, janon.
    Sen-la bo`lsam yashash oson,
    Osoningdan haydama.

    Sen-la bo`lsam yashash oson,
    Osoningdan haydama.

    Yoningdan, joningdan,
    Bo`stoningdan haydama.
    Majnuningman, maftuningman,
    Yor, yoningdan haydama. (x2)

    Sog`inchlaring sevging naqshi,
    Men bir devona baxshi.
    Men roziman – barcha yaxshi,
    Yomoningdan haydama.

    Menda borar joy yo`q ekan,
    Sensiz yurar yo`llar tikan,
    Oshig`ingni ko`ngil degan
    Makoningdan haydama.

    Oshig`ingni ko`ngil degan
    Makoningdan haydama.

    Yoningdan, joningdan,
    Makoningdan haydama.
    Majnuningman, maftuningman,
    Yor, yoningdan haydama. (x2)

    Osmoningdan haydama,
    Bo`stoningdan haydama,
    Makoningdan haydama,
    Yor, yoningdan haydama.