Nilufar Usmonova - Armonli muhabbat

Nilufar Usmonova

Armonli muhabbat

Armon bo’lgan muhabbatim
Yana qaytib kelarmikan?
Dilga sevgi jo bo’lganda
Yana kurtak ocharmikan? (x2)

Qalbimda sevgi bordir –
Senga atab qo’yganim.
Dilimda umid bordir –
Senga atab qo’yganim. (x2)
Senga atab qo’yganim.

Yoningda men yursam deyman,
Ko’nglingni men olsam deyman,
O’zga yorga boqmasdan hech
Faqat menga boqsang deyman. (x2)

Kulmagin sen sevgimdan,
Sevgim chindir, sen ishon,
Qalbim tilib sevgimdan
Foydalanma hech qachon. (x2)
Foydalanma hech qachon.

Yolvoraman, rad etma
Sevgimni sen hech qachon,
O’zga yorga sen boqma,
Qiynama meni, qiynama meni umrbod!

Qalbimda sevgi bordir –
Senga atab qo’yganim.
Dilimda umid bordir –
Senga atab qo’yganim.

Kulmagin sen sevgimdan,
Sevgim chindir, sen ishon,
Qalbim tilib sevgimdan
Foydalanma hech qachon.
Foydalanma hech qachon.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armonli muhabbat
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 17, 2014