Hatto kutishni ham orzu qilolmam,
Lek, ko`zlarim yo`lida, yorim deymikin?
Bag`rimda bu yurak sirin bilmagan,
Alamim kuychisi, torim deymikin?

Yonimda yo`q, ammo xayolda mehmon,
Dard ikkimiz mezbon, borim deymikin?
Har dam unga zorman, u esa menga
Arosatda sarson, xorim deymikin?

Kunlarim ovora, tunlar bedorim,
Yigitlar ichinda botir sardori.
Hech kuning qolmaydi ul shoqollarga,
Boshingni mag`rur tut, jonim arslonim.

Hayotim mazmuni, umrim charog`i,
Tunlarim yoritgan oyim deymikin?
Qalbimning ardog`i, ko`zim qarog`i,
Sevgida hotamtoy, boyim deymikin?

Bugunda hamrohim, erta umidim,
Ishqin qirg`og`i keng, soyim deymikin?
Sharob ham, shig`ir ham, maylar har yona,
Chanqog`im qondirar choyim deymikin?

Sevgilim, bardoshim, orzu, armonim,
Senga ko`z tegmasin, jonim arslonim.
Muhabbat tumorim, ko`zi humorim,
Sensiz yasholmayman, yorim arslonim.

Qahraton qishimda, xazon kuzimda,
Asrab-avaylashga zorim deymikin?
Yomg`irli tunlarda visol baxsh etgan,
Osmonim egasi, sorim deymikin?

Sevgilim, bardoshim, orzu, armonim,
Senga ko`z tegmasin, jonim arslonim.
Muhabbat tumorim, ko`zi humorim,
Sensiz yasholmayman, yorim arslonim.

Havosi musaffo, tiniq bahorim,
Yomg`irli kuzimda iliq nahorim,
Ozori, azobi lim-lim anhorim,
Men seni sevaman, borim arslonim!

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Arslonim
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 25, 2017