Nilufar Usmonova - Aybim sevganim

Nilufar Usmonova

Aybim sevganim

Oradan o’tmoqda yillar,
Dil seni sog’inib yig’lar,
Qaytmasligingni bilsam ham,
Sening tomon boshlaydi yo’llar.

Afsuslarga boshim egmay,
Sevishda davom etaman,
Taqdirimiz boshqa-boshqa,
Sevgim olib olis ketaman.

Aybim – sevganim,
Aybdor – faqat men,
Aybdor – faqat men,
Aybim – sevganim. (x2)
Sevganim…

Sen bo’lmasang ham yonimda
Sevgimiz qalbimda yashar,
Taqdirimiz boshqa-boshqa,
Sevdim deb o’ylab sen adashding.

Balki sen kutgan baxtingni
Berolmagandirman senga,
Sog’inganda ovunch uchun
Sening borliging yetar menga.

Aybim – sevganim,
Aybdor – faqat men,
Aybdor – faqat men,
Aybim – sevganim. (x2)
Sevganim…

Aybim – sevganim,
Aybdor – faqat men,
Aybdor – faqat men,
Aybim – sevganim. (x2)
Sevganim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aybim sevganim
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 19, 2014