Farishtalar yo`llarimda bo`lsin hamroh,
Qaytarsinlar, gunohlarim bo`lsin kamroq. (x2)

Hayot qiziq – kezi kelsa
Qasos uchun sevgi aybdor.
Boshimiz urilganda toshga
Yana tavba qilamiz ming bor. (x2)

Nelarga duch keltirarkan bu dunyo,
Nelardan voz kecharkansan bu dunyoda.
Borar joyi bir yaxshining ham, yomonning ham,
Shunday yashagin – qilmasin senga alam.

Hayot qiziq – kezi kelsa
To`qqiz oy vujudida yashab,
Onamizni unutamiz,
Duolariga hech narsa tengmas.

Hayot qiziq – ba’zilarda
To`qqiz oy vujudida yashab,
Onamizni unutamiz,
Duolariga hech narsa tengmas.

Farishtalar yo`llarimda bo`lsin hamroh,
Qaytarsinlar, gunohlarim bo`lsin kamroq.

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farishta
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 15, 2018