• Nilufar Usmonova - Hofizam onam

    Nilufar Usmonova

    Hofizam onam

    Millionlar dardiga darmonu malham,
    Bor hayoti sabr, bardoshu chidam,
    Xiyonat qilmaydi o`zligiga ham,
    Aytgan qo`shiqlari tinglagan alam,
    Dunyoda yagona hofiza onam.

    Umidi erta kun, bugundan rozi,
    Dillarni sel qilar shirin ovozi,
    Hech vaqt tinmasin-ey qalbining sozi,
    Aytgan qo`shiqlari tinglagan alam,
    Men uchun bir dona hofiza onam.

    Bag`rida ummon, boshida Rahmon,
    Yig`lasa, yig`lasa qo`shilib yig`laydi osmon.
    Baxtimga doim bo`ling sog`-omon,
    Xalqining kuychisi hofiza onam –
    Yulduzi Usmon.

    Ko`zlaridan mehr nurlari toshar,
    Farzand farzandiga kuyunib yashar,
    Tunlarim yoritgan hilolga o`xshar,
    Bugun senga baytim, kuyim-u nolam,
    Boshimda toj-davlat, hofiza onam.

    Qoqilsa el qo`llab tutar qo`lini,
    Haq o`zi yoritar azob yo`lini,
    Hech qachon ko`rmasin armon cho`lini,
    Kichik jussasida dardi bir olam,
    Qadding bukilmasin hofiza onam.

    Maqtovlarin tinglab kuyidan,
    Erkalashin tuydim she’ridan,
    Unib-o`sdim, qalbin qo`rida,
    Ayting, qo`shiqlaringiz – eshitgan allam,
    Yagonam, qalbginam, hofiza onam, onajonim.

    Bag`rida ummon, boshida Rahmon,
    Yig`lasa, yig`lasa qo`shilib yig`laydi osmon.
    Baxtimga doim bo`ling sog`-omon,
    Xalqining kuychisi hofiza onam –
    Yulduzi Usmon.

    Xalqining kuychisi hofiza onam –
    Yulduzi Usmon, Yulduzi Usmon.