[Nilufar Usmonova]
Hayot buncha ham tez, suv kabi oqar ekan?
Kechagi g`uncha bugun gul kabi boqar ekan.
Orzuim otashlari yuragim yoqar ekan,
Umrning yo`llarida-ey.

[Yulduz Usmonova]
Yig`lagan ko`zga yana yoshini berar ekan,
Umidvor ko`zga yana doshini berar ekan,
Rizq so`rab yurganga non-oshini berar ekan,
Taqdirning qo`llarida-ey.

[Yulduz Usmonova va Nilufar Usmonova]
Yana kimga man yana yalli-yalli, yaloyiman,
Yana kimga man yana balli-balli, baloyiman?
Elimning erka qizi, illo-illo, guloyiman,
Dalli-dalli, dil ila dillar aro diloyiman.

Baloyiman… Guloyiman… Baloyiman… Diloyiman…

[Nilufar Usmonova]
Ishq qadrin bilgan yor, yor qadrin bilarmikan?
Dilingdan joy olgan yor, dil darding bilarmikan?
Yoningda do`stman degan, ortingdan kular ekan,
Taqdirning yo`llarida-ey.

[Yulduz Usmonova]
Sen taqdirga kulib boq, taqdir senga kulsin-ey,
Mayli, yomg`ir yog`sa ham, ko`z yoshlaring tinsin-ey.
Deyman, butun olamda barcha baxtli bo`lsin-ey,
Taqdirning yo`llarida-ey.

[Yulduz Usmonova va Nilufar Usmonova]
Yana kimga man yana yalli-yalli, yaloyiman,
Yana kimga man yana balli-balli, baloyiman?
Elimning erka qizi, illo-illo, guloyiman,
Dalli-dalli, dil ila dillar aro diloyiman.

Baloyiman… Guloyiman… Baloyiman… Diloyiman… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Illo
Xonanda:
Nilufar Usmonova, Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016