Qol demading, ketdim yiroqlab,
Izlamading sen meni so`roqlab.
Xo`p demadim, qoldim firoqda,
Dil qiynalar, oh, sensiz qiynoqda.

Ozorlardaman, alamlardaman,
Poyoni yo`q bu hijronlardaman.
Armonlardaman, azoblardaman,
Yurak o`rtanar, oh sog`inch-la.

Kel, qalbimning armoni o`zingsan,
Kel, yuragim darmoni o`zingsan.
Kel, kechamning kunduzi o`zingsan,
Kel, osmonim yulduzi o`zing, kel. (x2)

Ket demadim, ketding uzoqlab,
Izlamadim men seni so`roqlab.
Payhon bo`ldi sevgi gulzori,
Qalb azobda – bu ishqning ozori.

Ozorlardaman, alamlardaman,
Poyoni yo`q bu hijronlardaman.
Armonlardaman, azoblardaman,
Yurak o`rtanar, oh sog`inch-la.

Kel, qalbimning armoni o`zingsan,
Kel, yuragim darmoni o`zingsan.
Kel, kechamning kunduzi o`zingsan,
Kel, osmonim yulduzi o`zing, kel. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kel
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 18, 2018