Nilufar Usmonova - Qaray olasanmi

Nilufar Usmonova

Qaray olasanmi

Yo`llar hech qachon
Sen tomon eltmas, zolim yo`llar.
Yillar hech qachon
Endi qaytmas, zolim yillar.

Ochdi zolim yo`llar,
Zolim yillar ko`zlarimni.
Eshit, senga aytar
Ikki og`iz so`zlarimni.

Qo`shiqlarimda yig`laydi
Qalbimning sen bilmas dog`lari.
Eshiklarini ochmaydi
Muhabbatning bog`lari.

Qaray olasanmi mening ko`zlarimga bir kun
Yonimdan o`tganingda?
Qaray olasanmi mening ko`zlarimga
Qiyomat o`rtasinda? (x2)

Taqdir shafqat bilmas,
O`yinqaroq, zolim taqdir.
Kular ustimizdan,
Biz esa jim, chora yo`qdir!

Qo`shiqlarimda yig`laydi
Qalbimning sen bilmas dog`lari.
Eshiklarini ochmaydi
Muhabbatning bog`lari.

Qaray olasanmi mening ko`zlarimga bir kun
Yonimdan o`tganingda?
Qaray olasanmi mening ko`zlarimga
Qiyomat o`rtasinda? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaray olasanmi
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 26, 2016