• [Nilufar Usmonova]
    Kerak emas osmondagi oy,
    Yetar bizga yerdagi chiroy,
    Oy shu’lasi og`ushidaykan-ey,
    Men sen bilan qirolichaman.

    [Yulduz Usmonova]
    Agar dunyoni suv olsa ham,
    Osmonini tashlasalar ham,
    Bilsin elakda elaganlar-ey,
    Men sen bilan qirolichaman.

    [Yulduz Usmonova va Nilufar Usmonova]
    Olamda yolg`izim, unutma bir so`zim,
    Sening-la men faqat qirolichaman.
    La-la-lay, lay-la-lay, la-la-lay, lay-la-lay,
    La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman.

    [Nilufar Usmonova]
    Yaqinlarim tushunmasalar,
    Meni gunohkor deb bilsalar,
    Oz bo`lsa ham baxtli bo`loyin-ey,
    Men sen bilan qirolichaman.

    [Yulduz Usmonova]
    Mayli meni o`tga tashlasang,
    Devona-yu Mashrab deb bilsang,
    Oh, bilib menga xiyonat qilsang-ey,
    Senga uvol qirolichaman.

    [Yulduz Usmonova va Nilufar Usmonova]
    Sevgila bu qalbim, yosh to`la ko`zlarim,
    Sen bilan dunyoda qirolichaman.
    Olamda yol`gizim, unutma bir so`zim:
    Sen bilan, hayotim, qirolichaman.

    La-la-lay, lay-la-lay, la-la-lay, lay-la-lay,
    La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman. (x2)
    La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.