Shabnam bo’lib gullarning bag’rida,
Navo bo’lib kuylarning avjida,
Qalbingdan izladim tinmay sevgi.

Shamol bo’lib sen tomon uchar edim,
Seni deb har nedan kechar edim,
Hech asray olmading lekin meni.

Anglay olmay balki ko’zlaringdan
Menga bo’lgan qalbing tuyg’ularin,
Uchib ketarman, sen meni izlama.

Uchar qizning nolasin tinglagin,
Sen endi tunlar yolg’izsan, anglagin,
Endi meni samodan izlagin, hayr alvido. (x2)

Yo’q balki senikiday yuragim,
Meni balki senga yo’q keragim,
Lekin senga borimni berib sevardim.

Yaxshi-yomon gaplarimga kechir,
Goho ustun kelar ekan g’urur,
G’urur ila ikki tomon ketdik nega?

Anglay olmay balki ko’zlaringdan
Menga bo’lgan qalbing tuyg’ularin,
Uchib ketarman, sen meni izlama.

Uchar qizning nolasin tinglagin,
Sen endi tunlar yolg’izsan, anglagin,
Endi meni samodan izlagin, hayr alvido. (x2)

Hayr alvido… (endi meni samodan izla) (x3)
(Endi meni samodan izla… (x2))

Anglay olmay balki ko’zlaringdan
Menga bo’lgan qalbing tuyg’ularin,
Uchib ketarman, sen meni izlama.

Uchar qizning nolasin tinglagin,
Sen endi tunlar yolg’izsan, anglagin,
Endi meni samodan izlagin, hayr alvido. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Uchar qiz
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 25, 2015