Oqqush kabi uchib ketdi,
Olislarga qanot qoqib,
Qalbingdan lek ketolmadim,
Muhabbatim birga olib.

Seni azob-uqubatga
Nahot o`zim, yor, sayladim?
Baxtli edik bizlar birga,
Yolg`izlikda xor ayladim men.

Esingdadur kunlar, unutilmas tunlar,
Menga atalgandi qo`lingdagi gullar.
Endi o`zni qiynab,
Menga ozor bermagin, yorim,
Xotiralarda, xayollarda qolsam bas.

Unutgin, unutgin,
Osmonning bag`rida bir uchay.
Oppoq bulut kemalarida
Arshning jilosini quchay. (x2)

Bo`ldi, meni o`ylamagin,
Yurak-bag`ring tig`lamagin.
Eslab turgin, mayli, har vaqt,
Ammo, yorim, yig`lamagin hech.

Lek esingda kunlar, o`sha shirin tunlar,
Menga atab ekkan bog`ingdagi gullar.
Bo`ldi, o`zing qiynab,
Menga ozor bermagin, yorim,
Xayolingda, tushlaringda kirsam bas.

Unutgin, unutgin,
Osmonning bag`rida bir uchay.
Oppoq bulut kemalarida
Arshning jilosini quchay. (x2)

Unutgin, unutgin… {x2}

Unutgin, unutgin,
Osmonning bag`rida bir uchay.
Oppoq bulut kemalarida
Arshning jilosini quchay. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutgin
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 10, 2016