Bo`ydoqlik davringda boshing edi xor,
Toza kiyimlarga bo`lar eding zor,
Mana endi hatto dastro`moling bor,
Eh afsus, yuribsan shuncha yil bekor.

Kechalari ishdan kelsang parvona,
Bir zum tinmas yoring, sen deb ovora,
Ishqing otiladi misli favvora,
Tomdan yerga tushma, qo`yma narvona.

Uylanding, uylanding, uylanding ana,
Sevgan yoring, inim, yoningda sening.
Tunlari qo`rqarding yolg`iz yotishdan,
Qoshlari qaro qo`yningda sening.

Tufli yaltiraydi, shim, ko`ylay tikka,
Maykalarga gap yo`q, paypoq sintetika,
Qara, hatto moy tekkan etigingga,
O`ynab yurgan ekansan ko`chada ketka.

Uyga borarsan burilmay chapga,
Omon bo`ling do`stlar, dam akalarga,
Xotin uyda kutar bir o`zi yakka,
Olib borish kerak bitta “plitka”.

Uylanding, uylanding, uylanding ana,
Sevgan yoring, inim, yoningda sening.
Tunlari qo`rqarding yolg`iz yotishdan,
Qoshlari qaro qo`yningda sening.

Uylangan yigitlar, ranjimang mendan,
Hasadmas niyatim, bari chin dildan.
Baxtga to`lib yashang, sog`-omon bo`ling,
Ollohim asrasin xotin qulidan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Uylanding
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 21, 2016