Alisher Uzoqov va Nilufar - Tilim qursin

Alisher Uzoqov, Nilufar

Tilim qursin

[Alisher Uzoqov]
Xo`p de, xo`p de!
[Nilufar]
Xo`p, xo`p. (x2)

[Nilufar]
Mayli, hamma sirlaringni bekit,
Mayli, hamma hunaringni bekit,
Zimdan qara, ko`zlaringni bekit,
Baribir sevgingni yashirolmaysan.

[Alisher Uzoqov]
Mendan ohu ko`zingni bekitma,
Nozli qarashlaringni bekitma,
Shirin kulishlaringni bekitma,
Baribir sevgingni yashirolmaysan.
(xo`p de, xo`p de)

[Nilufar]
Voy tilim qursin, nega sevishimni aytdim?

[Alisher Uzoqov va Nilufar]
Vay, vay, vay, gapni o`ylamay aytdim,
Tilginam bilan dilginam
Bitta bo`lsa, aytgin netay?
Sog`inib yuragim tez-tez urar,
Sevaman seni deb aytgim kelar.
Yagonam deb erkalatgim kelar,
Har kun shu gapni aytgim kelar. (x2)

[Alisher Uzoqov]
Rangi ro`yimni somon etma,
Sevgan dilimni vayron etma,
Ey, hammaga mani yomon etma,
Yo`qotmagin keyin topolmaysan.

[Nilufar]
Men hali esimdan ayrilmadim,
Sizdan begonaga qayrilmadim,
Meni qo`rqitib shartlar qo`ymang,
O`jar bu ko`ngildan kecholmayman.

[Alisher Uzoqov]
Voy tilim qursin, nega sevishimni aytdim?

[Alisher Uzoqov va Nilufar]
Vay, vay, vay, gapni o`ylamay aytdim,
Tilginam bilan dilginam
Bitta bo`lsa, aytgin netay?
Sog`inib yuragim tez-tez urar,
Sevaman seni deb aytgim kelar.
Yagonam deb erkalatgim kelar,
Har kun shu gapni aytgim kelar. (x2+x2)

[Alisher Uzoqov]
Tilim qursin, nega sevishimni aytdim?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tilim qursin
Xonanda:
Alisher Uzoqov, Nilufar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2017