Nola guruhi - Xoh inon xoh inonma

Nola guruhi

Xoh inon, xoh inonma

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, (x2)
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. (x2)

Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh, (x2)
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. (x2)

Haqqoki qilich kelsa boshimg’a eshigingdan-ey voya,
Yo’qdur guzarim, xoh inon, xoh inonma. (x2)

Oy yuziga ko’z solg’ali o’zga kishi birla (x2)
Yo’qdur nazarim, xoh inon, xoh inonma.

Ishq o’tida Lutfiy yuzi oltin yashirdi,
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. (x2)

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Yo’qdur nazarim, xoh inon, xoh inonma.

Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma,
Xoh inonma.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xoh inon, xoh inonma
Xonanda:
Nola guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 26, 2014