• Nuriddin Hamroqulov - Ey dilrabo menga yoqasan

    Nuriddin Hamroqulov

    Ey dilrabo menga yoqasan

    Yo bilasan, bilmaydirsan yo,
    Ey dilrabo, menga yoqasan.
    Ko`zga balki ilmaydirsan yor,
    Gulira’no, menga yoqasan. (x2)

    Sababini qalbimdan so`ra,
    Yaxshi bilar u mendan ko`ra.
    Kulgi yongan labimdan so`ra,
    Ishon, zebo, menga yoqasan.

    Kulgi yongan labimdan so`ra,
    Ishon, zebo, menga yoqasan.

    Shafaqmisan, nahormisan sen?
    Qalb bog`ida bahormisan sen? (x2)
    Muhabbatim yodgorimsan sen,
    Umri bahor, menga yoqasan. (x2)

    Sevgi baxti vafodanmasmu?
    Hayot zavqi navodanmasmu? (x2)
    Rashk azobi xatodanmasmu?
    Izla davo, menga yoqasan. (x2)