Nuriddin Hamroqulov - Fasli bahor

Nuriddin Hamroqulov

Fasli bahor esingdamu

Biz uchrashdik, {x2} ko`zi xumor,
Fasli bahor, esingdamu?
Ishqimizga to`qib ash’or
Fasli bahor, esingdamu?

Sen ham mendek suyganmiding,
Kamalakni kiyganmiding,
Kapalakni quvganmiding
Fasli bahor, esingdamu?

Sharsharalar shovullardi,
Shamol sirli shivirlardi, (x2)
Yuraklar ham jimirlardi {x2}
Fasli bahor, esingdamu?

Ishq degani ko`hna dunyo,
Dildan dilga yo`l bor, barno, (x2)
Yuragimdan jo`shar navo {x2}
Fasli bahor, esingdamu?

Biz uchrashdik…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Fasli bahor esingdamu
Xonanda:
Nuriddin Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 26, 2015