Nuriddin Hamroqulov - Jonim xayoling

Nuriddin Hamroqulov

Jonim xayoling

Ko`zim qarosidur yuzingda xoling,
Diydamda aksidur ruxsori oling.
Hayotim ziynati – qaddu niholing,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

O`rgilayin nigohing – qiyg`ochingdan,
Titrayman sho`x qoshing – qaldirg`ochingdan,
Qaddingga o`lchab o`stirgan sochingdan,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

Malohatda deding, jonim, oychaman,
Hajringda dog`lanib, kuydim, oy chaman,
Yuzing ko`rib, bo`ldi husni boy chaman,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

Payvandi rishtayi jonim xayoling…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonim xayoling
Xonanda:
Nuriddin Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2015