Nuriddin Hamroqulov - Shirinliging shakarliging

Nuriddin Hamroqulov

Shirinliging, shakarliging

Mubtalo etmish mani
Shirinliging, shakarliging,
Mahliyo etmish mani
Shirinliging, shakarliging.

Mahliyo etmish mani
Shirinliging, shakarliging.

Do`st bo`lib qoldim senga,
Tanho qadrdonim o`zing. (x2)
Oshno etmish mani
Shirinliging, shakarliging. (x2)

So`zlagum sen haqda dildan,
Dilrabo, qalbimdasan.
Dilrabo etmish mani
Shirinliging, shakarliging.

Shul erur ohanglarim goh
Benavolar ichra shul,
Sernavo etmish mani
Shirinliging, shakarliging.

Sernavo etmish mani
Shirinliging, shakarliging.

Do`stlarim yo`qlar mudom,
Boq shularning ko`ngliga,
Mubtalo etmish mani
Shirinliging, shakarliging.

Mubtalo shaydo ko`ngil,
Bir umrlik oshno,
Doimo etmish mani
Shirinliging, shakarliging.

Doimo etmish mani
Shirinliging, shakarliging. {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shirinliging, shakarliging
Xonanda:
Nuriddin Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 5, 2015