Nuriddin Hamroqulov - Suvi tiniq soy ko'rdim

Nuriddin Hamroqulov

Suvi tiniq soy ko`rdim

Suvi tiniq soy ko`rdim,
Soy ustida oy ko`rdim, (x2)
O`tloqlari yam-yashil,
Ot yonida toy ko`rdim. (x2)

Cho`pon chalar nayini,
Qo`msab mohlaroyini, (x2)
Nayda izhor etarmu
Oshiq ko`nglin maylini. (x2)

Oyning hiloli bordur,
Soyning ziloli bordur, (x2)
Oy ham, soy ham bir yonu,
Yorning visoli bordur. (x2)

Oydan ko`z uzib bo`lmas,
Yorga ko`z suzib bo`lmas,
Vasliga yetmaguncha
Oshiqda to`zim bo`lmas.

Oyni yetaklab ketgum,
Soyni yetaklab ketgum, (x2)
Oy ham, soy ham bir yonu,
Yorni yetaklab ketgum. (x2)

Suvi tiniq soy ko`rdim,
Soy ustida oy ko`rdim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Suvi tiniq soy ko`rdim
Xonanda:
Nuriddin Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 15, 2015