Nuriddin Hamroqulov - Yonardi shirin jonim

Nuriddin Hamroqulov

Yonardi shirin jonim

Yonardi shirin jonim, {x4}
Shavqi visol ichinda.
Ko`rar edim o`zimni
Shakari bol ichinda.

Ko`rar edim o`zimni
Shakari bol ichinda.

Bitdi nogoh oromim,
Bekaram diloromim,
Mungli so`zim ne sabab
Tinglar malol ichinda?

O`tli so`zim ne sabab
Tinglar malol ichinda?

Dilimdagi ohu zor
Nahot qilmas unga kor?
To`lg`onadi shirin jon
Ming bir savol ichinda.

Go`zallikda yakto u,
Qiyosi yo`q rafiq u,
Menman degan barno u
Sohibjamol ichinda.

Menman degan barno u
Sohibjamol ichinda.

Ozmi dersiz ehtimol,
Ishq aro aftodahol.
Aftodahol o`zimning
Aftodahol ichinda.

Yashar demang Oxunjon,
Hayoti bol ichinda.
Shoir ahli ko`rar kun
Shirin xayol ichinda.

Shoir ahli ko`rar kun
Shirin xayol ichinda.

Yonardi shirin jonim, {x4}
Shavqi visol ichinda.
Ko`rar edim o`zimni
Shakari bol ichinda.

Ko`rar edim o`zimni
Shakari bol ichinda. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yonardi shirin jonim
Xonanda:
Nuriddin Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 15, 2015