Do’stim meni aldadi,
Dardim ichimda qoldi.
Endi tinchim yo’qoldi,
Do’stim meni aldadi.

Aldama, aldama, aldama,
Yoru do’stni aldama.
Do’st deb senga ishongan
Qora ko’zni aldama.

Aldama, aldama, aldama,
Yoru do’stni aldama.

Dardim ichimda qoldi,
Tog’ yiqildi ko’ksimga.
Dog’ yiqildi ko’ksimga,
Do’stim meni aldadi.

Aldama, aldama, aldama,
Yoru do’stni aldama.
Do’st deb senga ishongan
Qora ko’zni aldama.

Aldama, aldama, aldama,
Yoru do’stni aldama.

Endi tinchim yo’qoldi,
Dunyo qoldi huvillab.
Yonaverdi guvillab,
Ko’ksim meni aldadi.

Aldama, aldama, aldama,
Yoru do’stni aldama.
Do’st deb senga ishongan
Qora ko’zni aldama.

Aldama, aldama, aldama,
Yoru do’stni aldama.

Onam tushunmas, deydi:
“Qo’zim senga ko’z tegdi”.
Mening esa bag’rimga
O’q tegdi – bir so’z tegdi,
Do’stim meni aldadi.

Aldama, aldama, aldama,
Yoru do’stni aldama.
Do’st deb senga ishongan
Qora ko’zni aldama. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aldama
Xonanda:
Nuriddin Haydarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 9, 2015