Ohularning izidan
Qarab qolding jimgina.
Tashna qilgan, zor qilgan,
Aytgin, seni kimgina.

Do’lana, do’lana, tog’da o’sgan do’lana,
Do’lana, do’lana, yo’lim to’sgan do’lana.
Do’lana, do’lana, marjon-marjon do’lana,
O’z yorini topolmay zoru hayron do’lana. (x2)

Sen ichgan suv goh yomg’ir,
Kutganing oy malakdir.
Sen kechgan bu shalola,
Yongan samo, falakdir.

Do’lana, do’lana, tog’da o’sgan do’lana,
Do’lana, do’lana, yo’lim to’sgan do’lana.
Do’lana, do’lana, marjon-marjon do’lana,
O’z yorini topolmay zoru hayron do’lana. (x2)

Topmadingmi, topdingmi?
Yetmadingmi, yetdingmi?
Qizil yuzing sarg’ayib,
Tog’ga chiqib ketdingmi?

Do’lana, do’lana, tog’da o’sgan do’lana,
Do’lana, do’lana, yo’lim to’sgan do’lana.
Do’lana, do’lana, marjon-marjon do’lana,
O’z yorini topolmay zoru hayron do’lana. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’lana
Xonanda:
Nuriddin Haydarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2015