Nuriddin Haydarov - Kelmasmikin

Nuriddin Haydarov

Kelmasmikin

Kel desam, kelgaymikin,
Yo noz etib kelmasmikin? (x2)
Istasam undan bugun,
Koni visol kelmasmikin? (x2)

Istasam undan buni,
Koni visol kelmasmikin?

So`z ochib qolsam mabodo,
Ishtiyoqimdan agar,
Men seni sevdim desam,
Xush yo malol kelmasmikin?

Men seni sevdim desam,
Xush yo malol kelmasmikin?

Ishqida bemorligim
Aytsam qulog`iga sekin, (x2)
O`rtamizda va’dani
Aylab uvol kelmasmikin? (x2)

Intizorlik haddan ortsa,
Dol etar deb qo`rqaman.
Shokiro vaqti kelib,
To`lgay majol, kelmasmikin?

Shokiro vaqti kelib,
To`lgay majol, kelmasmikin?

Kel desam, kelgaymikin,
Yo noz etib kelmasmikin?
Istasam undan buni,
Koni visol kelmasmikin?

Istasam undan buni,
Koni visol kelmasmikin?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelmasmikin
Xonanda:
Nuriddin Haydarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2015