• Nuriddin Haydarov - Mahliyoman

    Nuriddin Haydarov

    Mahliyoman, mahliyo

    Oy kabi to’lgan yuzingga
    Mahliyoman, mahliyo. (x2)
    Qomati zebo, o’zingga
    Mahliyoman, mahliyo. (x2)

    Bir nigoh birla, nigoro,
    Aylading qalbimni rom.
    Tim qaro, shahlo ko’zingga
    Mahliyoman, mahliyo.

    Tim qaro, shahlo ko’zingga-ey
    Mahliyoman, mahliyo.

    Vasli iqbolingni o’ylab,
    Kelsam deyman ro’baro’.
    Yulduzim, oh, yulduzingga
    Mahliyoman, mahliyo.

    Ma’rufing jondan sevibon,
    Dilda borin kuyladi.
    So’zlasang, shirin so’zingga
    Mahliyoman, mahliyo.

    So’zlasang, shirin so’zingga
    Mahliyoman, mahliyo.

    Oy kabi to’lgan yuzingga
    Mahliyoman, mahliyo.
    Qomati zebo, o’zingga
    Mahliyoman, mahliyo.

    Qomati zebo, o’zingga
    Mahliyoman, mahliyo. {x3}