• O’tar qancha yillar to’zoni,
    Yulduzlar ko’z yoshi samoni,
    O’tar inson yaxshi-yomoni,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    Qorachig’da porlagan o’sha,
    Iqboliga chorlagan o’sha,
    Dunyoni tor aylagan o’sha,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    Anor sening yuzlaring, suluv,
    Xumor sening ko’zlaring, suluv,
    Yodda qolmas so’zlaring, suluv,
    Mehr qolur, muhabbat qolur. {x2}

    O’tar qancha yillar to’zoni,
    Yulduzlar ko’z yoshi samoni,
    O’tar inson yaxshi-yomoni,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    Nima deysan, ey g’ayir inson?
    G’iybatlaring qildi meni qon.
    Sen ham bir kun o’tarsan, inon,
    Mehr qolur, muhabbat qolur. {x2}