Siz bilan shohonaman,
Boshimda tojdorim, onam.
Yolg’izim, munisginam
Hamda iftixorim, onam.

Menga tillo, menga ganju
Ham xazina na kerak?
Barchasidan yuksagu,
Qiymat namudorim, onam.

Barchasidan yuksagu,
Qiymat namudorim, onam.

Gar uzoq yursam safar,
Avval peshonamni silab,
Sog’misan, o’g’lim, debon,
Yo’limdagi zorim, onam.

Gohida bemorligim
Ko’rganda parvonam bo’lib,
Jonima jonin nisor
Etmoqqa tayyorim, onam.

Jonima jonin nisor
Etmoqqa tayyorim, onam.

Shokiro, kuyla onang
Xonishlaringning avjida,
Dilda yolg’iz matlabim,
Tillarda alyorim, onam. (x2)

Yolg’izim, munisginam
Hamda iftixorim, onam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam
Xonanda:
Nuriddin Haydarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 7, 2015