• Qizlar sho’rlik o’smani
    Yaprog’idan uzdilar. (x2)
    Bu ham yetmay, oftobga
    So’ldirgani yoydilar. (x2)

    Tok tagida to’planib,
    Piyolani to’nkarib, (x2)
    Silqitib ko’z yoshini,
    Kaftga olib ezdilar. (x2)

    Qora qiyiq qoshlarga
    Kamon qilib tortishdi.
    Keyin xumor ko’zlarning
    Tegrasiga chizdilar.

    Tortqilashdi ko’zguni
    Kimning qoshi qaro, deb.
    O’sma ichgan qoshlarni
    Bir-biriga suzdilar.

    O’sma ichgan qoshlarni
    Bir-biriga suzdilar.

    Maqsudaning so’zidan
    O’rtoqlari kulishdi, (x2)
    O’sma qo’y, deb uning ham
    Oromini buzdilar. (x2)

    Qizlar sho’rlik o’smani
    Yaprog’idan uzdilar. (x2)
    Bu ham yetmay, oftobga
    So’ldirgani yoydilar. (x2)

    So’ldirgani yoydilar…