Og'abek Sobirov - Dog'iman

Og'abek Sobirov

Dog’iman

Bir oftob falakning vasli masihim, {x2}
Bir qaro ko`zlining dog`iman, dog`i. {x2}
Lablari shakar lab, so`zi fasihim,
Shu obi zilolning dog`iman, dog`i, (x2)
Bir qaro ko`zlining dog`iman, dog`i.

Jamoling sitkidan yuzingda niqob,
Ko`tar gul yuzingdan pardai hijob.
Olama barq urar misli bir oftob,
Sanam qiz otlining dog`iman, dog`i.

Olama barq urar misli bir oftob,
Sanam qiz otlining dog`iman, dog`i,
Bir qaro ko`zlining dog`iman, dog`i.

Chamanni sayr etar husni beg`ubor,
Yuz alvon sifatli turfai viqor.
Nihollar, nihatlar, naqshli nigor,
Tovus masallining dog`iman, dog`i.

Nihollar, nihatlar, naqshli nigor,
Tovus masallining dog`iman, dog`i,
Bir qaro ko`zlining dog`iman, dog`i.

Kelar bir kun davron, kelmasdan qolmas, {x2}
Na bo`ldi iqbolim chirog`in yonmas.
Qarab boqdim uyqusindan uyg`onmas,
Man bu kam iqbolning dog`iman, dog`i.

Qarab boqdim uyqusindan uyg`onmas,
Man bu kam iqbolning dog`iman, dog`i.

Lablaringning qandi barq urar qonda,
Toqatim qolmadi jism aro jonda.
Oshiq G`arib siza qul bo`lsa banda,
Man sanam otlining dog`iman, dog`i.

Oshiq G`arib siza qul bo`lsa banda,
Man sanam otlining dog`iman, dog`i.
Bir qaro ko`zlining dog`iman, dog`i,
Bir shirin so`zlining dog`iman, dog`i.

Man sanam otlining dog`iman, dog`i,
Sanam qiz otlining dog`iman, dog`i.
Dog`iman, dog`i…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dog’iman
Xonanda:
Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 14, 2016