Og'abek Sobirov - Kechir onajon

Og'abek Sobirov

Kechir onajon

Umring mash’alasin o’chirdimi yel,
Mensiz tobutingni ko’tardimi el?
Farzandlik burchini oqlay olmagan,
Noshud shu o’g’lingni yutsin qaro yer.

Farzandlik burchini oqlay olmagan,
Noshud shu o’g’lingni yutsin qaro yer.

Ko’ksimni yondirar hech o’chmas armon,
Kechir meni, kechir, kechir, onajon. {x2}

Do’stlarim qochganda tasalli berding,
G’am yuki bosganda tasalli berding.
Hatto Tangrim mendan yuz o’girganda-yey,
San doim ko’nglimni ko’tarib yurding.

Hatto Tangrim mendan yuz o’girganda-yey,
San doim ko’nglimni ko’tarib yurding.

Ko’ksimni yondirar hech o’chmas armon,
Kechir meni, kechir, kechir, onajon. {x2}

Adashib yo’limdan, qolib hayrona,
Panjara ortidan qoldim vayrona.
Yo’qotgach sen yolg’iz mehribonimni,
Dunyolara sig’may qoldim men ona.

Afsuslarim cheksiz, foydasi qani,
Bir dam bo’loldimmi qalbing malhami?
Toshlarni sindirib, urganda boshim,
Bulutlarni teshar faryodim mening.

Toshlarni sindirib, urganda boshim,
Bulutlarni teshar faryodim mening.

Ko’ksimni yondirar hech o’chmas armon,
Kechir meni, kechir, jonim, onajon.
Kechir meni, kechir, kechir, onajon,
Kechir meni, kechir, jonim, onajon.

Kechir meni, kechir, kechir, onajon…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechir onajon
Xonanda:
Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2015