Og'abek Sobirov - Qomatni ko'ring

Og'abek Sobirov

Qomatni ko’ring

Bu qiz bunchalar omadli,
Jon olguvchi malohatli,
Shundan ko`nglim jarohatli,
Qomatni ko`ring, qomatni,
Omadni ko`ring, omadni.

Shu ketganingcha ketding,
Ko`rsatmayin qorangni,
Go`yo makru jodingdan
Zulmat bosdi olamni.

Hijronlaring yukidan
Sinib to`kildi jonim.
Majnunni ham yig`latar
Tinglasa bu nolamni.

Icha icha har damda
Maydan oldim alamni,
Bu olam ikki ko`rmas
Saningdek bir sanamni.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qomatni ko’ring
Xonanda:
Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2016