[Og’abek Sobirov]
Bir qiz kuylar, ovozidan tosh erir,
Nolalari samolarni titratar. (x2)
Tinglaguvchi ko`ngillarni rom etar,
U senmiding, u senmiding, senmiding?

[Malika Egamberdiyeva]
Bir sas kelar Xorazm tomonlardan,
Avj pardasi jaranglar osmonlardan.
Hofiz chiqmas asli bad, yomonlardan,
U sizmisiz, u sizmisiz, sizmisiz?

[Og’abek Sobirov]
U senmiding, u senmiding, senmiding?

Ul daryoning mavjiga asir bo`ldim,
Ham nolang-u, avjingga asir bo`ldim,
Yurgan edim daragingni axtarib,
U senmiding, u senmiding, senmiding?

[Malika Egamberdiyeva]
Qo`shig`ingiz sehri dilimga darmon,
Suvorangiz eshitganda yo`q armon. (x2)
Izlar edim o`shal hofiz qaydadir,
U sizmisiz, u sizmisiz, sizmisiz?

[Og’abek Sobirov]
U senmiding, u senmiding, senmiding ?

Qo`llarimda Komiljonning tori bor,
Yuragimda Xorazmning ori bor. (x2)
Kuylagayman toki tanda jonim bor,
U mendirman, u mendirman, u menman.

[Malika Egamberdiyeva]
Toshqin daryo dilimga olov solgan,
Gul, lolalar meni chindan rom qilgan.
Sozning sehri aqlu-hushimni olgan,
U mendirman, u mendirman, u menman.

[Og’abek Sobirov]
U senmiding, u senmiding, senmiding?
[Malika Egamberdiyeva]
U sizmisiz, u sizmisiz, sizmisiz?
[Og’abek Sobirov]
U mendirman, u mendirman, u menman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Senmiding
Xonanda:
Malika Egamberdiyeva, Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 4, 2017

O'xshash qo'shiqlar matnlari