O'ktam Ahmedov - Ibodatdur

O'ktam Ahmedov

Ibodatdur

Yaratganga qullik bilan itoat ham ibodatdur,
Haqiqiy bandalik birlan sadoqat ham ibodatdur.

Otang birlan onang ko`ngli o`tar Ka’ba tavofidin,
Alar ko`nglin shod etsang, bu xizmat ham ibodatdur.

Umrni etmagin isrof, o`zing ro`za, vujuding sof,
Agar pok holda uxlarsan, bu holat ham ibodatdur.

Butun borliq, nabodot ham Yaratganga etar tasbeh,
Bobo dehqon ekib yursa ziroat ham ibodatdur.

Ibodatdur biror zolim jafokorga desang haq so`z,
Va nodonga sukut qilsang, sukunat ham ibodatdur.

Agar juftihalol birlan ko`ngilxushlik qilar bo`lsang,
Falak shohid, malak hozir bu suhbat ham ibodatdur.

Tana iymoni ixlosdur, bu qullik bandaga hosdur,
Xudo deb qilganing har ish va niyat ham ibodatdur.

Xabar oldingmu bemordan, musofir, do`st, qarindoshdan,
Birovni yo`qlasang dildan, ziyorat ham ibodatdur.

Ibodatdur tiriklikni etolsang ma’rifat bog`i,
Mashaqqatli ilm, san`at, qiroat ham ibodatdur.

Sevib Mirzo faqat do`stlik ila dillarni obod qil,
Agar Alloh uchun sevsang, muhabbat ham ibodatdur. {x2}

Muhabbat ham ibodatdur…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ibodatdur
Xonanda:
O'ktam Ahmedov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 4, 2017