Yurakdagi otashimsan,
Kechalari shamchirog’im,
Umid yulduzimsan.
Samoga olib ketadi
Beg’ubor muhabbating,
Nozaninsan, parizod.

Ayt, qaysi tuyg’u,
Tuyg’u shunchalar nafisdir?
Yur men bilan, pari,
Yur men bilan, suluv.

Nechun, ko’zi mastonim,
Olib ketding xayolim?
Kechalari uxlamayman.
Qalbing naqadar go’zal,
Ojizdir sensiz ko’zlar,
O’zgani sevolmayman.

Ayt, qaysi tuyg’u,
Tuyg’u shunchalar nafisdir?
Yur men bilan, pari,
Yur men bilan, suluv. (x1+x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayt
Xonanda:
O'ktam Hakimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 7, 2016