O'ktam Hakimov - O'zbekiston

O'ktam Hakimov

O`zbekiston

Mening o`lkam – chaman ko`rkam,
Qarang, har yon go`zal bo`ston.
Mening o`lkam – chaman ko`rkam,
Nomi doston, O`zbekiston.

Boshim uzra tiniq osmon,
Dalalari keng, bepoyon,
Har taraf mevazor bog`lar,
Har qadamda gulu rayhon.

Daryolar bir tomon,
Cho`llar ham guliston,
Yam-yashil shaharlar,
Nurli makon.

Bir yonda Zarafshon,
Bir yonda Registon,
Lol qolib sayyohlar,
Bo`lar mehmon.

Mening o`lkam – chaman ko`rkam,
Qarang, har yon go`zal bo`ston.
Mening o`lkam – chaman ko`rkam,
Nomi doston, O`zbekiston.

Oppoq nur sochadi har on,
Buloqlar suvlari marjon,
Osmono`par baland tog`lar,
Bag`rida ham rohatijon.

Billur favvoralar,
Yorug` yo`llar ravon,
Hayot baxtga to`la,
Ham farovon.

Yuraklarda doim
Shodliklar bir jahon,
Tinchlik qo`shig`idan
Dil charog`on.

Mening o`lkam – chaman ko`rkam,
Qarang, har yon go`zal bo`ston.
Mening o`lkam – chaman ko`rkam,
Nomi doston, O`zbekiston. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O`zbekiston
Xonanda:
O'ktam Hakimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 2, 2015