Kim atirgul shaydosi,
Kimga lola yoqadi.
Kim yonida gul turib,
Boshqa gulga boqadi.

O`zga gullarga boqib,
Ranjitmaginda guling.
Qara, qanday ajoyib
Uydagi atirguling. (x2)

Uzoqdagi gulda ham
Bor o`sha tikan,
Yoningdan oqqan suvning
Qadri yo`qmikan? (x2)

Uzoqdagi yantoq ham
Yaqinroqdek o`zingga,
Goho chiroyli bo`lib,
Gul ko`rinar ko`zingga.

Chiroyiga ishonma,
Chiroy ham bir ko`zgacha.
Uydagi atirgulning
Hidi baribir o`zgacha. (x2)

Uzoqdagi gulda ham
Bor o`sha tikan,
Yoningdan oqqan suvning
Qadri yo`qmikan? (x2)

Har bir ochilgan gulning
Ifori hech o`lmagay,
Bog`boni yaxshi bo`lsa,
U gul aslo so`lmagay. (x2)

Gulga qarasang, gul-da,
Sevib asrasang, gul-da,
Baxt-omad kulib turar
Uydagi atirgulda. (x2)

Uzoqdagi gulda ham
Bor o`sha tikan,
Yoningdan oqqan suvning
Qadri yo`qmikan? (x2)

Yoningdan oqqan suvning-ey
Qadri yo`qmikan?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Atirgul
Xonanda:
O'ktam Kamolov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2018