O'ktam Kamolov - Ofitserlar qo'shiq matni, lyrics

O'ktam Kamolov

Ofitserlar

Ey, jasur ofitserlar,
Haqiqiy yovqur erlar.
O`zbegim o`g`lonlari,
Savlati misli sherlar.

Kuylayman men sizlarga,
Kirib yuring yuzlarga.
Hech qachon ko`z tegmasin
Yelkada yulduzlarga.

Yurasiz safarlarda,
Oqshom-u saharlarda.
Xalq uchun xizmatdasiz,
Qishlog`-u shaharlarda.

Ey, jasur ofitserlar,
Minnatdor sizdan ellar.
Siz borsizki, tinch doim
Bizning osmon-u yerlar.

Siz borsizki, tinch doim
Bizning osmon-u yerlar.

Ofitserlar, ofitserlar,
Yurt uchun jon fido derlar,
Baxtimizga omon bo`ling doimo.
Ofitserlar, ofitserlar,
Xalq tinchligin g`amin yerlar,
Panohida asrasin sizni Xudo.

Sohangiz har hil, lekin
Maqsadingiz yagona.
Xalqning tinchligi uchun
Doimo siz parvona.

Ey, jasur ofitserlar,
Vatan deb yuraklar ursin.
Qayda bo`lsangiz, sizni
Omad quchoqlab yursin.

Issiq yoki sovuqlar
Bilinmaydi xizmatda.
Birgalashib quramiz
Buyuk davlat albatta.

Vatan sha’ni yurakda,
Faqat tinchlik tilakda.
Sizdayin ofitserlar
Yurtimizga kerakda.

Sizdayin ofitserlar
Yurtimizga kerakda.

Ofitserlar, ofitserlar,
Yurt uchun jon fido derlar,
Baxtimizga omon bo`ling doimo.
Ofitserlar, ofitserlar,
Xalq tinchligin g`amin yerlar,
Panohida asrasin sizni Xudo. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ofitserlar
Xonanda:
O'ktam Kamolov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 9, 2018