• Nima bo`ldi, oqibatni yevordikmi?
    Yo oqibat, senga xayr devordikmi?
    Aka-uka, do`st-u yor-u qarindoshlar
    Yo hammamiz o`zimizcha bo`voldikmi?

    Aka-uka, do`st-u yor-u qarindoshlar
    Yo hammamiz o`zimizcha bo`voldikmi?

    Bir shirin so`z ayting, kimni o`ldiradi?
    Yuraklarga xursandchilik to`ldiradi.
    Bir burda non qornimizni to`ydiradi,
    Oqibatni unutmaylik, oqibatni!

    Bir burda non qornimizni to`ydiradi,
    Oqibatni unutmaylik, oqibatni!

    Manmanlik faqat Xudoga, unutmaylik,
    Nazarlardan qolib, so`ngra qon yutmaylik.
    Yaxshilik qilib qo`yib, javob kutmaylik,
    Oqibatni unutmaylik, oqibatni.

    Yaxshilik qilib qo`yib, javob kutmaylik,
    Oqibatni unutmaylik, oqibatni.

    Deyishadi: “Ming yillik – bu jigarchilik”,
    Adashamiz, hammamizda bor kamchilik. (x2)
    Odammiz, yo`qolmasin odamgarchilik,
    Oqibatni unutmaylik, oqibatni. (x2)

    Yaxshilik ulashaylik, ko`ngillar to`lsin,
    Odam topilmaydi, mol-u dunyo o`lsin. (x2)
    Ey do`stlarim, mayli nima bo`lsa bo`lsin,
    Oqibatni unutmaylik, oqibatni! (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.