• O'ktam Kamolov - Yurak quloqsiz qo'shiq matni, lyrics

    O'ktam Kamolov

    Yurak quloqsiz

    Ko`ngil ishi ekan so`roqsiz,
    Yaqinmisiz yoki yiroqsiz?
    Hech so`zimga kirmaydi, netay?
    Yurak qurg`ur ekan quloqsiz.

    Hech so`zimga kirmaydi, netay?
    Yurak qurg`ur ekan quloqsiz.

    Hijronlardan ezilib yig`lar,
    O`zi qolib, meni ham qiynar. (x2)
    Vujudimni nimadir tig`lar,
    Yurak qurg`ur ekan quloqsiz. (x2)

    Sevib qoldi mendan so`roqsiz,
    Yurak qurg`ur ekan quloqsiz. (x2)

    Chin sevgi hech o`lmas ekanda,
    Sevgi guli so`lmas ekanda. (x2)
    Buyruq berib bo`lmas ekanda,
    Yurak qurg`ur ekan quloqsiz. (x2)

    Sevib qoldi mendan so`roqsiz,
    Yurak qurg`ur ekan quloqsiz. (x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.